Saad Projects
Barcha loyihalar

Saad Lexicon

Islomiy ilmlarga e’tibor qaratilgan arab tili lug‘atlar bazasi: fiqh, usul, hadis, aqida, tafsir, nahv, sarf va balog‘at.

Yangilanmoqda

1.6 nashri · 2026-yil 29-oktabr

Lug‘at qanday tuzilgan

Saad Lexicon tayyor bazadan ko‘chirilmagan. Har bir ildiz va har bir so‘z qo‘lda, bittadan kiritilgan: klassik lug‘atlar bilan solishtirib, ildiz, hosila shakllar va harakatlarni tekshirdik, ma’nolarni esa o‘z so‘zlarimiz bilan qaytadan yozdik. Arabcha izohlar ko‘chirilmagan. Boshqa lug‘atdan birorta maqola ham to‘liqligicha olinmagan.

Asos — o‘zbekcha lug‘at. Ruscha va inglizcha versiyalar boshqa lug‘atlardan olinmagan, balki o‘zbekcha lug‘atdan tarjima qilingan.

Uchta lug‘at

Arabcha–o‘zbekcha lug‘at

ta ildiz
5 231
ta maqola
23 140
ta ma’no
30 930
ta teskari qidiruv yozuvi
40 956

Arabcha–ruscha lug‘at

ta maqola
22 136
ta ma’no
29 703
ta teskari qidiruv yozuvi
39 557

Arabcha–inglizcha lug‘at

ta maqola
22 136
ta ma’no
29 703
ta teskari qidiruv yozuvi
38 466

Uchta lug‘at bo‘yicha jami

ta maqola
67 412
ta ma’no
90 336
ta teskari qidiruv yozuvi
118 979

Qidiruvni sinab ko‘ring

Kichik lug‘at namoyishi
KitobIldiz: ك ت ب
كِتَابٌ

Bu to‘liq lug‘at bazasi emas. Namoyish 5 ta sinov so‘zini taniydi.

Solishtirish uchun foydalanilgan klassik lug‘atlar

Arab tilining jamoat mulkiga aylangan to‘qqizta klassik lug‘ati:

  • Lison al-arab

    لسان العرب

    Ibn Manzur

  • Al-Qomus al-muhit

    القاموس المحيط

    al-Feruzobodiy

  • As-Sihoh

    الصحاح

    al-Javhariy

  • Muxtor as-Sihoh

    مختار الصحاح

    ar-Roziy

  • Al-Misboh al-munir

    المصباح المنير

    al-Fayyumiy

  • Kitob al-Ayn

    كتاب العين

    al-Xalil ibn Ahmad

  • Toj al-arus

    تاج العروس

    az-Zabidiy

  • Asos al-balog‘a

    أساس البلاغة

    az-Zamaxshariy

  • Al-Mug‘rib

    المغرب

    al-Mutarriziy

Istilohlar ro‘yxatlari

Eski bosma nashrlardan faqat istilohlar ro‘yxati sifatida foydalanilgan; ta’riflar qaytadan yozilgan:

  • At-Ta’rifot

    التعريفات

    ash-Sharif al-Jurjoniy

    Qohira, 1889

  • Kashshof istilohot al-funun

    كشاف اصطلاحات الفنون

    at-Tahoniy

    1-jild · Istanbul, 1899

  • Al-Misboh al-munir

    المصباح المنير

    al-Fayyumiy

    Qohira, 1904

Tamoyillar

  • Faqat so‘z ma’nolari va istilohlar ta’riflari berilgan; fatvolar va mazhabiy baholar yo‘q.
  • Lug‘atda Qur’ondan iqtiboslar va ularning tarjimalari yo‘q; misollar — o‘zimiz tuzgan qisqa iboralar.

Huquqlar

Saad Lexicon Saad Projects’ga tegishli. Barcha huquqlar himoyalangan. Yozma ruxsatsiz lug‘atni yoki uning qismlarini nusxalash, ajratib olish va tarqatish taqiqlanadi. Ilovalarda foydalanish ularning litsenziya kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.

Minnatdorchilik

Solishtirish uchun klassik lug‘atlarning elektron matnlari quyidagi to‘plamdan olingan: Thalji N., Thalji Z. (2023). Ten dictionaries for Arabic language. Mendeley Data, V3. DOI: 10.17632/gxr3j4tdk5.3 CC BY 4.0 litsenziyasi.